ROBERT ALMEYEVNING O‘ZBEKISTON MUZEYSHUNOSLIGI RIVOJIGA QO‘SHGAN ILMIY HISSASI
##article.subject##:
Muzeyshunoslik, O‘zbekiston muzeylari, Buxoro muzey-qo‘riqxonasi##article.abstract##
Mazkur maqolada tarixchi va muzeyshunos olim Robert Valiyevich
Almeyevning O‘zbekiston muzeylari tarixi, muzey ishi nazariyasi hamda mustaqillik yillarida
muzey muassasalarining ijtimoiy-madaniy rivojlanishini o‘rganishdagi ilmiy hissasi tahlil
qilinadi. Maqolada R. Almeyev tomonidan muzeylarning faqat eksponat saqlovchi muassasa emas,
balki tarixiy xotira, milliy o‘zlik, ma’naviy tarbiya, madaniy kommunikatsiya va hududiy
taraqqiyot omili sifatida talqin etilgani yoritiladi. Shuningdek, olimning Buxoro muzeyqo‘riqxonasi faoliyati misolida muzeylar ishini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, bozor iqtisodiyoti,
madaniy merosni asrash va muzey kommunikatsiyasi bilan bog‘liq holda o‘rganishga qo‘shgan
hissasi ochib beriladi. Maqolada R. Almeyev ilmiy merosining bugungi O‘zbekiston
muzeyshunosligi, madaniy merosni boshqarish va muzey pedagogikasi uchun ahamiyati asoslab
berilgan.