RANGTASVIR FANIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
##article.subject##:
tasviriy san’at ta’limi, rangtasvir, mustaqil ta’lim##article.abstract##
Mazkur maqolada rangtasvir fani yuzasidan mustaqil o‘qitish metodikasini
takomillashtirish masalasi nazariy tahlil asosida yoritilgan. Oliy ta’lim tizimida rangtasvir va
boshqa san’at fanlarini o‘qitishda talabalarning ijodiy mustaqilligini rivojlantirish, individual
yondashuvni kuchaytirish hamda motivatsion mexanizmlarni faollashtirish zarurati asoslab
berilgan. Izlanishlar davomida mavjud ilmiy manbalar, xorijiy va mahalliy tajribalar, shuningdek,
raqamli texnologiyalarni san’at ta’limiga integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Metodologik asos sifatida analitik, komparativ, induktiv va kontent-analiz uslublaridan
foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, amaldagi o‘qitish jarayonida mustaqil ta’lim
metodikasi formal tusda amalga oshmoqda, talabalarning ijodiy faolligini rag‘batlantirishda
metodik moslashuv va baholash tizimi yetarli darajada takomillashmagan. Maqolada san’at
ta’limi jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchi rolini maslahatchi sifatida
qayta talqin qilish va baholash mezonlarini yangilash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.