GOOGLE ASSISTANT YORDAMIDA TIL O‘RGANISHNING INNOVATSION USULLARI
##article.subject##:
innovatsion texnologiyalar, til o‘rganish, Google Assistant##article.abstract##
Ushbu maqola Google Assistant texnologiyasining til o‘rganish jarayonidagi innovatsion imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada Google Assistantning kundalik suhbatlar, talaffuzni yaxshilash, so‘z boyligini oshirish, mashqlarni rejalashtirish va interaktiv o‘yinlar kabi funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Google Assistantning foydalanuvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda samaradorlik darajasi o‘rganilib, uning qulayliklari va cheklovlari tahlil qilindi. Maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyatini yoritib beradi va raqamli yordamchilarning kelajakda ta’lim sohasidagi o‘rnini kengaytirish istiqbollarini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari Google Assistantni ta’limiy jarayonlarga joriy etishda nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.