MOʻG‘ULLAR HUKUMRONLIGI SOʻNGGIDA AYRIM TURK-MOʻG‘UL QABILALARINING MOVAROUNNAHRDA OʻRNASHISHI XUSUSIDA

##article.authors##

  • Orziyev Mahmud

##article.subject##:

ulus, Qabila, turk-moʻg‘ul, hokimiyat

##article.abstract##

Ushbu maqolada, Movarounnahr moʻg‘ullar tomonidan istilo qilingandan
soʻng, Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirishi va Chig‘atoyxon xizmatiga berilgan turk-moʻg‘ul
qabilalarning kelib oʻrnashishi, shuningdek, moʻg‘ullar saltanatida toju-taxt uchun kurashlar
boshlanishi natijasida XIII asrning oʻrtalaridan boshlab ikkinchi toʻlqin turk-moʻg‘ul
qabilalarining kirib kelish jarayonlari, Movarounnahrga kirib kelgan qabilalarning turli
oʻlkalarga joylashishi, Chig‘atoy ulusida tutgan mavqei, urug‘-qabilalarning oʻtroqlashuvi,
Chig‘atoy ulusida toju-taxt uchun kurashlar boshlangan davrda turk-moʻg‘ul qabilalarining
oʻzaro kurashlarga tortilishi, Movarounnahrda joylashgan turk-moʻg‘ul qabilalarining kuchlilari
oʻzlari yetakchilikni qoʻlga olishga urinishlari va oxir-oqibat Chig‘atoy ulusi parokandalikka
uchrashi masalalari keltirilgan. Shuningdek, maqolada, Arlot, Sulduz, Dug‘lot, Barlos, Jaloyir,
Arg‘un, Apardiy, Nayman, Xalaj, Chigil, Chag‘roq, Buruldoy, Qavchin, Qoraunas
(Nekudoriy)lar, Yasovur, Hazora, Darlikin kabi urug‘-qabila va etnoslar, koʻrib chiqilayotgan
tarixiy davrda ularning joylashuvi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda joylashgan
hududlarning oʻzgarib borishi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida ishtiroki tarixiy
manba va adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida oʻrganilgan. Toʻplangan materiallar qiyosiy
tahlil qilinib, ilmiy xulosalarga kelingan. Maqolada keltirilgan fikr-mulohazalarMoʻg‘ullar
hukumronligining soʻnggi davri, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelish arafasidagi
Movarounnahrning etnogenezi va etnik tarixi xususida tushuncha va tasavvurlarni boyitishga
xizmat qiladi

##submission.downloads##

Sana

2025-02-07

##issue.issue##

##section.section##

Статьи