TA’LIMNING FORMAL, NOFORMAL VA INFORMAL TURLARINING BILIM OLISH JARAYONIDAGI OʻZIGA XOS AFZALLIKLARI
##article.subject##:
informal ta’lim, noformal ta’lim, Formal ta’lim##article.abstract##
Ushbu maqola ta’limning formal, noformal va informal shakllarini tahlil
qilishga bagʻishlangan boʻlib, ularning asosiy xususiyatlari va farqlari yoritilgan. Formal ta’lim
rasmiy muassasalarda oʻqituvchi nazorati ostida qat’iy reja asosida tashkil etilib, rasmiy diplom
yoki sertifikat bilan yakunlanadi. Noformal ta’lim esa kurslar, treninglar va seminarlar orqali
qisqa muddatda amaliy bilimlarni oʻzlashtirishga xizmat qiladi. Informal ta’lim esa kundalik
hayot jarayonida, tabiiy ravishda shakllanadi va insonning shaxsiy rivojlanishi bilan bogʻliqdir.
Maqola ta’limning har bir shaklining afzalliklari va cheklovlarini chuqur tahlil qilib,
ularning samaradorligi insonning maqsadlari va ehtiyojlariga bogʻliq ekanligini koʻrsatadi.
Ushbu yondashuv oʻquvchilarga qaysi ta’lim turini tanlashda asos boʻlib, ularning turli
sohalardagi rivojlanishiga koʻmaklashadi.