INTERAKTIV O‘QUV VOSITALARI YORDAMIDA BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH VA TINGLASH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH
##article.subject##:
o‘qish malakalari, boshlang‘ich sinf, Interaktiv o‘quv vositalari##article.abstract##
Maqolada interaktiv o‘quv vositalari yordamida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘qish va tinglash malakalarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilarning o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda an’anaviy ta’lim uslublari
bilan bir qatorda zamonaviy interaktiv vositalar – multimedia materiallari, o‘yinlar, ilovalar va
onlayn platformalar – samarali qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. Bu vositalar o‘quvchilarni
o‘qishga qiziqtiradi, tinglashda diqqatni jamlashni osonlashtiradi va malakalarni o‘stirishga
yordam beradi. Maqolada interaktiv vositalarning o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi,
ularning o‘qish va tinglash malakalarini rivojlantirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, bu
vositalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quvchilarning o‘rganish samaradorligini
oshirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv o‘quv vositalar yordamida
o‘quvchilarning bilim olish jarayoni yanada samarali va qiziqarli tashkil etiladi.