OʻZBEKISTON-ERON HAMKORLIK ALOQALARINING ZAMONAVIY BOSQICHI: HAMKORLIKNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
##article.subject##:
Oʻzbekiston, eron, ikki tomonlama munosabatlar##article.abstract##
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi oʻrtasidagi
munosabatlarning 2021-2023-yillardagi sifat jihatidan yangi bosqichi ko‘tarilganligi tahlil
qilinadi. Tadqiqot markazida Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil iyun oyidagi Eronga rasmiy
tashrifi va uning natijasida qabul qilingan keng qamrovli hujjatlar toʻplami turadi. Birlamchi
manbalar asosida ikki davlat hamkorligining beshta ustuvor yoʻnalishi - siyosiy-diplomatik
muloqot, iqtisodiy-savdo aloqalari, ilm-fan va innovatsiya, transport-tranzit salohiyati hamda
xavfsizlik sohasi koʻrib chiqiladi. Tahlil natijalari mazkur davrda ikki tomonlama hamkorlik
epizodik xarakterdan strategik va institutsional darajaga oʻtayotganini koʻrsatadi. Xususan,
Toshkentda Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyining ochilishi hamda Trans-Afgʻon temir
yoʻli loyihasi yangi bosqichning amaliy natijasi sifatida baholanadi