BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY MOSLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Shaxlo NURULLAYEVA Qarshi davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc)

Keywords:

talaba, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy moslashuvchanlik, pedagogik tayyorgarlik

Abstract

Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni murakkab va serqirra jarayon bo‘lib, ushbu jarayon nazariy pedagogik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, metodik tayyorgarlik hamda o‘z ustida ishlash yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Pedagogik tayyorgarlik talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga moslashtirishni nazarda tutadi. O‘qituvchilarni kasbiy moslashtirish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan motivatsion, kasbiy mahoratni shakllantirish, o‘z-o‘zini anglash va moslashish bosqichlarida kechadi. Ushbu bosqichlarning tavsifi, ularni amalga oshirish shakllari, metodlari hamda ularni amalda qo‘llashga e’tibor qaratish lozim bo‘lgan talablar, pedagogik shartlar maqolada batafsil bayon etilgan. Kasbiy moslashuvchanlikning mantiqiy davomi bo‘lmish pedagogik kompetentlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilgan holda maqolada ushbu yo‘nalishdagi ishlar malaka oshirish, ilmiy tadqiqotlar, seminar-treninglar, tanlovlar, o‘zaro tajriba almashish va o‘z ustida ishlash kabi shakllarda amalga oshirilishi qayd etiladi. Har bir yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Talabalarning o‘z ustlarida ishlash jarayonlari o‘z-o‘zini tahlil, o‘z-o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash rejasini tuzish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, natijalar tahlili hamda kamchiliklarni barataraf etish kabi bosqichlarda amalga oshirilishi qayd etilgan. Shuningdek, maqolada talabalarni auditoriyada va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar davomida kasbiy moslashuvchanligini amalga oshirishga xizmat qiladigan mashg‘ulotlar tizimi keltirilgan. Ushbu mashg‘ulotlar davomida foydalaniladigan mashqlar, mikrodarslar, o‘yinlar, relaksatsiya mashqlari talabalarning kelajakda pedagogik faoliyati davomida yuzaga keladigan turli vaziyatlar yechimini topishga tayyorlashga yordam beradi. Maqolada ushbu treninglarni amalda qo‘llash davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan prinsipial talablar ham keltirilgan. Ushbu talablarga qat’iy amal qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligi sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan nazariy tahlillar, amaliy tavsiyalardan ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va talabalar foydalanishlari mumkin.

Downloads

Published

2023-01-04