UNIVERSITET TALABALARIDA ELEKTRON SOG‘LOM OVQATLANISH SAVODXONLIGI DARAJASINING TAHLILI
##article.subject##:
ovqatlanish, universitet, elektron savodxonlik.##article.abstract##
Ushbu tadqiqotning maqsadi universitet talabalarining elektron sog‘lom
ovqatlanish savodxonligi darajasini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda Osiyo Xalqaro
Universitetining turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 295 nafar talaba ixtiyoriy ravishda
ishtirok etdi. Talabalarning sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha elektron savodxonlik holatini aniqlash
uchun “Elektron sog‘lom ovqatlanish savodxonligi shkalasi” qo‘llanildi. Olingan ma’lumotlarni
tahlil qilishda SPSS 24 statistik dasturidan foydalanildi. Ikki guruh ko‘rsatkichlarini o‘zaro
taqqoslash uchun mustaqil tanlanmalar t-testi, guruhlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun esa
bir omilli dispersion tahlil - ANOVA testi qo‘llanildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, jins va sport turi
o‘zgaruvchilari bo‘yicha elektron sog‘lom ovqatlanish savodxonligining umumiy ko‘rsatkichi
hamda uning tarkibiy qismlarida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi. Biroq ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha pedagogika va boshqaruv yo‘nalishlari talabalari foydasiga statistik jihatdan
ahamiyatli farq mavjudligi aniqlandi. Umuman olganda, talabalarda elektron sog‘lom
ovqatlanish savodxonligiga oid muayyan bilim va amaliy ko‘nikmalar mavjud bo‘lsa-da, shkala
asosida olingan natijalar kutilgan darajadan biroz past ekanligi belgilandi.