BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING MATN BILAN ISHLASH ASOSIDA NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
##article.subject##:
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, matn, matn bilan ishlash##article.abstract##
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining matn bilan ishlash asosida nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishning nazariy, metodik va amaliy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi matnni faqat axborot manbai sifatida emas, balki talabaning fikrlash, muloqotga kirishish, mazmunni qayta ishlash, mustaqil fikr bildirish va yangi nutqiy mahsulot yaratish faoliyatini tashkil etuvchi kompleks pedagogik vosita sifatida talqin qilishdan iborat. Maqolada bo‘lajak o‘qituvchining nutqiy kompetensiyasi matnni anglash, tahlil qilish, interpretatsiya qilish, qayta tuzish, kommunikativ vaziyatda qo‘llash, mustaqil matn yaratish va o‘z nutqiy faoliyatini refleksiv baholash jarayonlari birligida ko‘rib chiqiladi. Innovatsion metodikani shakllantirishda kompetensiyaviy, kommunikativ, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, refleksiv va raqamli-interaktiv yondashuvlarning imkoniyatlari asoslab beriladi