TALABA-YOSHLARNING MUSTAQIL FIKRLASHI VA AXBOROTNI BAHOLASH MADANIYATI: EMPIRIK TADQIQOT NATIJALARI
##article.subject##:
mustaqil fikrlash, axborot madaniyati, mediasavodxonlik##article.abstract##
Annotatsiya. Mazkur maqolada globallashuv va raqamli axborot makonining kengayishi muhitida talaba-yoshlarning mustaqil fikrlashi, axborotni tanlash va baholash madaniyati, tanqidiy tahlil ko‘nikmalari hamda mediasavodxonlik darajasi empirik jihatdan tahlil qilinadi. Asosan maqolada beshta oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 1250 nafar talaba ishtirok etgan. So‘rovnoma orqali respondentlarning axborot manbalaridan foydalanish xususiyatlari, xabarlarning ishonchliligini aniqlash usullari, dalillarni tekshirish odatlari va mustaqil qaror qabul qilish tajribasi o‘rganilgan. Bunda natijalari talabalarning o‘z-o‘zini baholashi bilan real axborot xatti-harakatlari o‘rtasida muayyan tafovut mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, oliy ta’lim sharoitida mediasavodxonlikni rivojlantirish, ilmiy manbalardan foydalanish ko‘nikmalarini kuchaytirish va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan ta’lim mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi asoslanadi.