TALABALARDA ESTETIK MADANIYAT VA AXLOQIY XULQ-ATVORNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
estetik madaniyat, axloqiy xulq-atvor, talaba shaxsi##article.abstract##
Ushbu maqolada talabalarda estetik madaniyat va axloqiy xulq-atvorning namoyon
bo‘lish xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Estetik
madaniyatning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rni, uning axloqiy qadriyatlar va xulq-atvor
me’yorlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning estetik didi, go‘zallikni
idrok etish qobiliyati, madaniy muhitga munosabati hamda axloqiy fazilatlarining shakllanishiga
ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida estetik va axloqiy
tarbiyani takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari hamda ularning shaxs rivojlanishiga
ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari talabalarda yuksak estetik madaniyat va ijobiy axloqiy
xulq-atvorni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun
metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.