KREDIT-MODUL TIZIMIDA INTEGRATSION YONDASHUVLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Авторы

  • Mehriniso Atoyeva

Ключевые слова:

psixologik asoslar, integratsion yondashuvlar, kredit-modul tizimi

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola kredit-modul tizimining (KMT) ta'lim sohasida samarali va
zamonaviy yondashuv sifatida taqdim etilishini va uning psixologik asoslarini o'rganishni maqsad
qilgan. KMT, o'z navbatida, talabalarga o'qish jarayonida ko'proq erkinlik va mas'uliyat beradigan,
modul asosida tashkil etilgan o'qish tizimi bo'lib, uning muvaffaqiyati talabalarning motivatsiyasi,
o'zini o'zi boshqarish qobiliyati va o'qishdagi psixologik holatiga bog'liqdir. Maqolada integratsion
yondashuvlarning ta'lim tizimidagi o'rni va psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek,
ta'limda psixologik muammolarni bartaraf etish va talabalarda motivatsiya va stressni boshqarish
orqali samarali o'qish jarayonini ta'minlash bo'yicha takliflar keltirilgan. O'qituvchilar va talabalar
o'rtasidagi o'zaro aloqalar, stressni kamaytirish va motivatsiyani oshirish uchun turli psixologik
texnikalar va metodlar ko'rib chiqiladi. Ushbu maqola kredit-modul tizimining samaradorligini
oshirish uchun psixologik yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab
chiqishda asosiy manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Загрузки

Опубликован

2025-04-07