BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIM MAZMININI YANGILASH VA ONA TILI O‘QITISHNI IJODIY TASHKIL ETISH
Ключевые слова:
ta’lim, ona tili, nutq, darslikАннотация
Maqolada boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil, shu bilan birga, o‘ta murakkab
tarkibiy qismidir. Аvvalo, boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlimning dastlabki bo‘g‘inidir. U o‘ziga yarasha
dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalariga ega. Boshlang‘ich sinflarda alohida tayyorgarlikdan o‘tgan
o‘qituvchilar ishlaydi. Boshlang‘ich taʼlim muammolarini tahlil va tadqiq ishlari bilan mutaxassis olimlar
shug‘ullanadi. Shuningdek, boshlang‘ich taʼlim maʼlum o‘quv yillaridan tashkil topadi. Bular boshlang‘ich
taʼlimning mustaqil bo‘g‘in ekanligidan dalolat beradi. Qolaversa, boshlang‘ich taʼlim uzluksiz taʼlim
tizimining murakkab bo‘g‘ini hisoblanadi. Bola o‘qish, yozish, hisoblash texnikasini ilk bor boshlang‘ich
sinfda egallaydi. U to‘rt o‘quv yili mobaynida hozirgi zamon fani, ishlab chiqarish texnologiyasining
umumiy asoslarini o‘zlashtiradi va fikrlashni o‘rganadi. Bolalar boshlang‘ich sinflarda o‘qitilish orqali
taʼlim jarayonida faol ishtirok etish yo‘llari, vositalarini egallaydi. Ular mustaqil fikrlash, hayotda o‘z
o‘rnini egallash sirlaridan voqif bo‘ladi, 5-9-sinflarda ona tili o‘quv predmetining to‘liq kursini
o‘zlashtirishga tayyorgarlik ko‘rishadi. Bular boshlang‘ich taʼlimning o‘ta murakkab ekanligi bilan
izohlanadi