JAHON OLIMLARI HAMDA ADIBLARNING SADRIDDIN AYNIY ILMIY MEROSIGA BERGAN BAHO VA QARASHLARI
##article.subject##:
madrasa, masjid, jadid, Ma’rifatparvar##article.abstract##
Ushbu maqolada, ma’rifatparvar adib, yirik soʻz san’atkori va jamoat arbobi
Sadriddin Ayniyning ilmiy-ijodiy merosi, jahon ilm-fanida tutgan oʻrni va qoʻshgan hissasi
haqida, olimning ijodiy yoʻnalishida publisistika, hajviya, fel’yeton, pamflet, she’riyat,
adabiyotshunoslik, tarixshunoslik, sharqshunoslik, romanchilik, tarjimonlik kabi janrlar muhim
oʻrin egallaganligi aytib oʻtilgan. Shuningdek, S.Ayniyning xalqaro mavzularda yozgan ijtimoiy
siyosiy publisistik maqolalari ham tadqiq etilgan boʻlib, unda Hindiston, Xitoy, Afgʻoniston, Eron,
Turkiya hamda arab xalqlari hayoti, Amerika va Angliya mustamlakachilarining Sharqda olib
borgan siyosati sharhlab oʻtilgan. Uning ilmiy, adabiy va tarixiy merosi insoniyat ma’naviy
merosining xazinasidan munosib oʻrin egallaganligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan.